1

Yo`l qoidasini buzgan YPX xodimlari jarimaga tortildi

Jamiyat 03.12.2022, 21:10
Yo`l qoidasini buzgan YPX xodimlari jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqda "Tico"," Nexia" va "Nexia-3" rusumli avtomobil haydovchilari transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo`ldi.

Video Samarqand viloyati IIB JXX YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilib, qoidani chetlab o`tgan YPX xodimlariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, qoidabuzarliklarni sodir etilishi vaqtida tegishli chora ko`rilishini ta`minlamagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma`lum qilamiz, deyiladi rasmiy munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1