Krishtianu Ronaldu 2023 yildan boshlab Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi a`zosiga aylanadi

Sport 05.12.2022, 17:57
Krishtianu Ronaldu 2023 yildan boshlab Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi a`zosiga aylanadi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 1 yanvar kuni Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" futbol klubiga o`tadi. Bu haqda 5 dekabr kuni Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, shartnoma 2,5 mavsumga mo`ljallangan.

21 noyabr kuni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani o`zaro kelishuv asosida bekor etganini ma`lum qildi. Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida MYu tizimini, futbolchi va murabbiylarni tanqid qilgan. Oqibatda klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilish qaroriga kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1