1

Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga boradi

Siyosat 05.12.2022, 20:52
Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga boradi

Shavkat Mirziyoev 9 dekabr kuni Qirg`izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Aybek Artikbaevning Qirg`iziston xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migrasiya qo`mitasi yig`ilishidagi nutqida aytib o`tilgan. 

Xabarda aytilishicha, tashrif davomida O`zbekiston rahbari Qirg`iziston hukumati bilan bir qator hujjatlarni imzolaydi. Xususan,  ikki mamlakat prezidentlari Kampirobod suv omborini birgalikda boshqarish bo`yicha ratifikasiya varaqalarini almashadi.

Ikki davlat rahbariyati, shuningdek, Qirg`iziston va O`zbekiston fuqarolari o`rtasida chegaralarni kesib o`tishni soddalashtirish to`g`risidagi hujjatni imzolaydi. 

Ma`lumot uchun, 9 dekabr kuni Bishkekda Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining sammiti bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston kuzatuvchi maqomiga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1