1

Samarqandda fuqaro qadimiy qozondan 29 yil ro`zg`orda foydalanib kelgan

Jamiyat 06.12.2022, 15:50
Samarqandda fuqaro qadimiy qozondan 29 yil ro`zg`orda foydalanib kelgan

Samarqand viloyati Payariq tumanidan saklarning ikki ming yillik bronza qozoni topildi. 

Samarqand davlat muzey-qo`riqxonasi bosh muhofizi Mahmudxon Yunusovning ma`lum qilishicha, aslida ushbu noyob ashyo bundan 29 yil oldin topilgan. Faqat uni topib olganlar uning noyobligini bilishmagan va uy –ro`zg`or ishlarida foydalanib kelishgan. 

Qozonning balandligi 37 sm, og`iz qismining diametri 52 sm.ni tashkil etadi. Qozon Ettisuv vohasi sak qabilalariga oid bo`lib, miloddan avvalgi II-I asrlarga mansubdir.

Ushbu qozon 1993 yilda payariq tumani Muhammadi qishlog`i fuqarosi o`sha vaqtda maktabda direktor bo`lib faoliyat yuritgan Anvar Shog`dorov tomonidan Qaroqchi tog`i va Teshiktepa arxeologik yodgorligi oralig`idagi adirdan kanal qazish vaqtida topib olingan. Ushbu hududda bronza qozonlarning aniqlanishi birinchi marta emas. Qaroqchi tog`ining Qo`shrabot tumanidan o`tgan qismi yon bag`rida joylashgan Sirliboytepadan, payariq tumanidagi Ko`ktepa arxeologik yodgorligidan ham saklarga oid bronza qozonlar topilgan. Shuningdek, 2017 yilda Kattaqo`rg`on tumanining Oqtov tog`lariga tutash Yilqihaydar qishlog`idan ham mahalliy aholi tomonidan topilgan saklarning bronza qozoni muzey-qo`riqxonaga topshirilgan.

Bronza qozonlar bugunga qadar Shimoliy Xitoydan to Dunay daryosi bo`yigacha bo`lgan hududlarning deyarli barcha erida topib o`rganilgan bo`lib, qozonlarni saklar, skiflar, sarmat va savromatlar kabi ko`chmanchi qabilalarning degrez ustalari ming yillar davomida quyib kelishgan va qimmatbaho buyum sifatida qadrlashgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1