1

Huquqiy targ`ibot a`lochilari aniqlandi

Jamiyat 06.12.2022, 20:55
Huquqiy targ`ibot a`lochilari aniqlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli etkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda  jamoatchilik faollari “Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.   

Jumladan:

️Burxanov Kutbidin Nukritdinovich – Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi;

️Artikova Svetlana Baymirzaevna – Bosh prokuror o`rinbosari;

️Bekov Ixtiyor Rustamovich – Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri – yuridik fanlar doktori, professor;

️Narziev Otabek Sa`dievich – Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi – yuridik fanlar doktori, dosent;

️Alimov Botu Babirovich – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri;

️Abdullaeva Umida Xazratovna – Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo`yicha bo`lim boshlig`i;

️Karabaev Davron Shavkatovich – “UzReport” telekanali axborot xizmati direktori;

️Hojiev Farhod Jumaboevich –  “O‘zbekiston 24” telekanali guruh bosh muharriri;

️A`zamov Quddus A`zamovich – “O‘zbekiston” telekanali “Jamoatchilik fikri” muharririyati bosh muharriri;

️Djumamuratov Akmal Allayarovich – “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Veb-resurslar bilan ishlash bo`limi boshlig`i;

️Kattaeva Dildora Murtazajonovna – Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi maslahatchisi;

️Ziyoxonov Jamshidxon Mas`udxon o`g`li – “Subyektiv” loyihasi muallifi;

️Xidirov Qobil – “davletovuz” telegram kanali asoschisi, bloger;

️Axmedov Baxodirjon Mo`minjon o`g`li – huquqshunos, bloger.

 Eslatib o`tamiz, mazkur ko`krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni asosida ta`sis etilgan.

Ko`krak nishoni Konstitusiya kuni arafasida tantanali ravishda o`z egalariga topshiriladi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1