Farg`onadagi avtomobillarga gaz qo`yish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda "O`ztransgaz" AJ axboroti xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha ob`ektlarining tabiiy gazga bo`lgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz etkazib berish dolzarb hisoblanadi. Shuni inobatga olib, Farg`ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari bugun 7 dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini to`xtatdi.
"Vaziyat izga tushgach odatiy ish faoliyatiga qaytilishini ma`lum qilamiz. Keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






