AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 11 oy ichida 1 800 dan ziyod qonun buzilish holatlarini aniqlashdi

'Qashqadaryoda kadastr xodimlari 11 oy ichida 1 800 dan ziyod qonun buzilish holatlarini aniqlashdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o`tgan 11 oy davri mobaynida er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu er uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1 807 ta holatda 1 679,2 gektar er maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda "darakchi.uz"ga Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo`limlari tomonidan er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga 1807 ta yozma ko`rsatmalar yuborilgan.

Viloyatda er qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha o`tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida er qonunbuzilish holatlarining 890 tasi ya`ni 1 454,3 gektari (86,6%) joyning o`zida bartaraf etilgan.

Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 2 421 nafar qonunbuzar shaxslarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan jami 17 mlrd 535 mln 600 ming so`m miqdorida ma`muriy jarimalar qo`llanildi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallangan er maydonlarida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to`g`risida 795 ta (202,0 gektar) da`vo arizalari kiritilib, shundan 430 tasi qanoatlantirilgan 291 ta da`vo arizalari hozirgi kunda ko`rib chiqish jarayonida.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda qonun buzilish holatlari Yakkabog` tumanida 203 ta holatda 27,3 gektar. Qamashi tumanida 173 ta holatda 82,6 gektar, Qarshi tumanida 170 ta holatda 23,9 gektar, Koson tumanida 147 ta holatda 1 171,3 gektar va Kasbi tumanida 152 ta holatda 120,6 gektarni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar