AsosiyJamiyat

Yangi yil bayramida elektr bo`yicha muammo bo`lmaydi — vazir o`rinbosari (video)

'Yangi yil bayramida elektr bo`yicha muammo bo`lmaydi — vazir o`rinbosari (video)'ning rasmi

O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev Yangi yil bayramida elektr bo`yicha muammo bo`lmasligini ma`lum qildi. 

O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev Yangi yil bayrami kunida elektr bo`yicha muammo bo`lmasligini ma`lum qildi.

Energiya resurslari taqchilligi bo`yicha ko`p muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytargan vazir bayram kunlari, xususan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo`lgan talab sezilardi darajada pasayishini qayd etdi.

"Chunki ta`lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari o`z faoliyatini vaqtincha to`xtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha ob`ektlariga yo`naltiriladi. O`ylaymanki, yangi yil bayramida elektr bo`yicha muammolar yuzaga kelmaydi", — dedi mutasaddi.

U agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo`lsa, tunu kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilgani va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etilishini gapirib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar