AsosiyJinoyat

Samarqandda 2 kelinning o`limiga sababchi qaynona qamaldi (video)

'Samarqandda 2 kelinning o`limiga sababchi qaynona qamaldi (video)'ning rasmi

Samarqandda ikki kelinning o`limida ayblangan o`g`il va qaynonaning ishi sudda ko`rib chiqildi. Bu haqda "Zamon" dasturida ma`lum qilindi. 

Qiynoqlar sabab vafot etgani aytilayotgan kelinlardan birining onasi sudda ko`rsatma berdi.  

Onaning so`zlariga ko`ra, 4 yil oldin vafot etgan qizining ishi endi yuzaga chiqqan.  

"Qizimning nomi bulg`angan edi. Vafotidan keyin ham kelib xabar olishmadi",—deydi marhumaning onasi.   

Kelin vafot etganda uning o`limida jinoyat alomatlari yo`q deya yozilgan arizalar organ xodimlari tomonidan rad etilgan.

Sud aybdorlarga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 moddasi ikkinchi qismi a bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun o`g`ilga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. Kelinlarga kun bermagan qaynonaga 3 yil qamoq jazosi berildi. 

    Boshqa yangiliklar