Ayni daqiqalarda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta`minlash bo`yicha Respublika shtabining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Unga Administrasiya rahbari Sardor Umurzakov raislik qilyapti.
Yig`ilishda aytilishicha, gaz quvurlarida bosimning me`yordan pastligi sababli respublika bo`yicha jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz etib bormayapti.
”Mana ikki kundan buyon hududlarda va mutasaddi vazirliklarda shtablar faoliyati ko`rsatmoqda. Lekin, amaliy ishlar bilan birgalikda joylarda qator muammo va kamchiliklar hanuz kuzatilmoqda”, — dedi Umurzakov.






