Chekka-chekka hududlarni ko`mir bilan ta`minlash masalasi qanday tashkil etilmoqda? Ko`mir narxining sun`iy oshishiga qarshi choralar ishlab chiqilganmi?
O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev energiya resurslari taqchilligi bo`yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
"Albatta. Birinchi navbatda, chekka hududlarni ko`mir bilan ta`minlash borasida Prezidentimiz va Hukumat tomonidan tegishli topshiriqlar berilgan. Bu jarayonni Bosh prokuratura alohida nazorat qiladi.
Narx-navoning asossiz oshishiga keladigan bo`lsak, vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilayotgan shaxslar ham bor. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan eng kuchli choralar ko`rilyapti. Angrendagi ko`mir konida qazib chiqarilayotgan ko`mirning bir tonnasining narxi — 300 ming 300 so`mni tashkil etadi", - deya javob berdi vazir o`rinbosari.






