AsosiyJamiyat

Surxondaryoda salkam 60 ta daraxt kesib ketildi

'Surxondaryoda salkam 60 ta daraxt kesib ketildi'ning rasmi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas`ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda o`tkazilgan tezkor reyd tadbirida Boysun davlat o`rmon xo`jaligi Machay o`rmon bo`limi xodimlarining xizmat  vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas`uliyatni suiiste`mol qilishi natijasida noqonuniy daraxt kesilishi holati sodir etilgan.  

Viloyat Ekoboshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Machay o`rmon bo`limining 5-aylanma 17-kvartalining "Etimtol" va "Almali" massivlarida mavjud bo`lgan "Zarafshon" archa, "Shumtol", "Uchqad", "Zarang" kabi jami 51 ta daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlangan.

"Bu bilan "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida»gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib,  560 mln 550 ming so`m miqdordagi o`simlik dunyosiga zarar  etkazilgan. Ushbu holat yuzasidan  to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish  uchun prokuraturaga yuborildi", – deyiladi boshqarma xabarida.

    Boshqa yangiliklar