AsosiyJamiyat

Dehqon xo`jaliklari tashkil etish uchun qo`shimcha 100 ming gektardan ortiq er aholiga tarqatiladi

'Dehqon xo`jaliklari tashkil etish uchun qo`shimcha 100 ming gektardan ortiq er aholiga tarqatiladi'ning rasmi

Prezident O`zbekiston qishloq xo`jaligi xodimlariga tabrik yo`lladi.

Davlat rahbari halol peshona teri, fidokorona mehnati bilan erdan noz-ne`mat undirib, hayotimizga qut-baraka, fayzu quvonch olib kirayotgan mirishkor dehqonlarni Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni bilan  muborakbod etar ekan, sohada qator yirik loyihalar amalga oshirilishi kutilayotganligini ta`kidladi. 

Qayd etilishicha,  sohani barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash maqsadida qishloq xo`jaligida suv ta`minotini yaxshilash, suv xo`jaligi infratuzilmasini modernizasiya qilish bo`yicha yirik loyihalar boshlanadi. 

Xususan, paxtachilik va g`allachilikda bozor tamoyillarini keng joriy etish, ilmiy asosda mahsulot etishtirish, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirish choralari kuchaytiriladi.

Shu bilan birga, mahalliy sharoitga mos, arzon qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ularni fermer va dehqonlarimizga imtiyozli shartlarda etkazib berish, subsidiyalar ajratish va qo`shimcha moliyalashtirish imkoniyatlari kengaytiriladi. 

Qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatish sifati va darajasini oshirish, amaliyot va ilm-fan integrasiyasini mustahkamlash masalalari ham e`tiborimiz markazida bo`ladi.

Mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish, bandlikni ta`minlash maqsadida boshlangan ijobiy tajriba davom ettirilib, dehqon xo`jaliklari tashkil etish uchun qo`shimcha 100 ming gektardan ortiq er aholiga tarqatiladi.  

"Qadrli yurtdoshlar!

Mana shu quvonchli ayyomda o`zining fidokorona mehnati, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatimiz qishloq xo`jaligi rivojini yangi bosqichga olib chiqishga munosib hissa qo`shib kelayotgan dehqon va fermerlarimiz, agroklasterlar rahbarlari va xodimlariga, sohada mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizga o`z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.

Sizlarni bugungi qutlug` bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.

Doimo mehnatingizning rohatini ko`rib yuring!

Hech qachon kam bo`lmang, azizlarim, qadrdonlarim!", deydi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar