Markaziy bankning Kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) o`zining cert.cbu.uz saytini sinov tariqasida ishga tushirdi.
Bu yangi tuzilma to`lov tizimlari operatorlari, kredit va to`lov tashkilotlari faoliyatida aniqlangan kibertahdidlar va kiberxavfsizlik hodisalarini ogohlantirish va ularning oldini olish bilan shug`ullanadi.
Cayt orqali bank sohasida sodir bo`lgan kiberxavfsizlik hodisasi haqida xabar berish, sohadagi yangiliklar, dunyoda kuzatilayotgan hodisalar haqidagi ma`lumotlar bilan tanishish ham mumkin.
Unda kiberxavfsizlik atamalari lug`ati hamda ma`lumotlarni himoya qilish va raqamli infratuzilma bo`yicha foydali ma`lumotlarga ega bilimlar bazasi mavjud.
Shuningdek, saytda O`zbekistondagi moliya institutlarining nomlari va savdo belgilaridan foydalangan holda saytlarga soxta havolalarni ham tekshirish mumkin.






