AsosiyJamiyat

Farg`ona yo`l chetida to`xtab turgan "Spark" yonib ketdi

'Farg`ona yo`l chetida to`xtab turgan "Spark" yonib ketdi'ning rasmi

Bugun – 11 dekabr kuni soat 09:34da Farg`ona shahar Yangi asr ko`chasi yo`l chetida to`xtab turgan "Spark" yonib ketdi. 

FVB Matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, avtomobil Farg`ona shahar, Yangi asr ko`chasida yashovchi X.U tegishli bo`lgan. Mashina 2015 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, falokat natijasida uning mator va salon qismi yonib ketgan.  

Yong`inga 09:37da etib borib, 09:38da o`rab olinib, 09:41da yong`in o`chirilgan.  

Hozirda yong`ining sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo`q .

    Boshqa yangiliklar