2022 yil 11 dekabr kuni soat 01-13da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi 101 qisqa raqamiga “Diyor” Mahalla fuqarolar yig`ini xududida joylashgan xonadonlarning birida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan, kelib tushgan xabarga asosan bo`limning 1,3-sonli Yong`in qutqaruv qismining ekipajlarini voqea joyiga yuborilgan, yong`in qutqaruv ekipajlari soat 01-18da etib borgan, sodir bo`lgan yong`in, yong`in qutqaruvchilar tomonidan soat 01-45da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida yashash uyiniing shift va tom qismidan 70 kv.metr joyi hamda uy-ro`zg`or buyumlari yonib zararlangan.
Yong`in vaqtida xonadon egasi 1952 yilda tug`ilgan fuqaro 65 %, uy egasining o`g`li 1980 yilda tug`ilgan 2-gurux nogironi 95% kuyish shoki o`ta og`ir darajasi kuyib tan jaroxati olgan.
Yong`in sababi (gaz va xavo aralashmasi natijasida chaqnash) kelib chiqganligi taxmin qilinmoqda, xonadon egasi bilan suxbatlashilganda xonani isitish maqsadida qo`lda yasalgan tunika pechiga gaz surg`ich o`rnatilganini bayon etdi.
Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bir kun oldin ya`ni 2022 yil 10 dekabr kuni Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.






