AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bog`cha mudirligiga nomzod sobiq rahbarning farzandlari tomonidan kaltaklandi. Tekshiruv olib borilmoqda (video)

'Qashqadaryoda bog`cha mudirligiga nomzod sobiq rahbarning farzandlari tomonidan kaltaklandi. Tekshiruv olib borilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bog`cha mudirligiga nomzod sobiq rahbarning farzandlari tomonidan kaltaklangani aytilayotgan videolavha tarqaldi. 

 

Holat yuzasidan Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etioishicha, 2022 yilning 10 dekabr kuni soat taxminan 10:20 larda Mirishkor tumani “Yangi ariq” MFYda joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida tuman hokimligi tomonidan direktor tayinlash yig`ilishi bo`lib o`tishi belgilangan bo`lgan.

Shu munosabat bilan 12-DMTTga “Jeynov” MFYda yashovchi fuqarolar ham kelganda maktabgacha ta`lim  tashkilotining sobiq direktori A.Sh.ning qon bosimi ko`tarilib ketib, sog`ligi yomonlashgan.

Ushbu jarayonda o`rtadagi tushunmovchilik sabab fuqaro A.N. A.U.ni itarib yiqitib yuborgan. Holat bo`yicha xabar 2022 yilning 10 dekabr kuni Mirishkor tuman IIB navbatchilik qismida qayd etilgan.

Hozirda Mirishkor tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar