AsosiyDunyo

Qozog`iston prezidenti va bosh vazirining gapi bir joydan chiqmadi

'Qozog`iston prezidenti va bosh vazirining gapi bir joydan chiqmadi'ning rasmi

Qozog`istonda hukumatning kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Unda mamlakat rahbari Qosim-Jo`mart Tokaev nutq so`zlayapti, deya xabar bermoqda  "Zamon.uz".

"11 oyda iqtisodiy o`zish 4.6 foizdan 2.7 foizgacha sekinlashdi. Inflyasiya so`nggi 14 yilda tarixiy maksimumga etdi, u 19.6 foizni tashkil etmoqda", — degan Prezident.

Uning qo`shimcha qilishicha, joriy vaziyat aholi turmush darajasi va daromadlariga salbiy ta`sirini o`tkazyapti. Shu bilan birga Tokaev odamlar bugunning o`zida katta o`zgarishlarni kutayotganini aytgan.

O`z navbatida Qozog`iston bosh vaziri vaziyat Tokaev aytganidan biroz yaxshiligini ta`kidladi. Masalan, tashqi savdo aylanmasi yanvar-oktyabr oylarida 34 foizga oshganini va 111 milliard dollarni tashkil etganini ma`lum qilingan.

Ammo bosh vazir Tokaevning inflyasiya bo`yicha raqamlari haqiqatga mos kelishini qayd etgan. Uning so`zlariga ko`ra, bunga geosiyosiy taranglik, narxlarning rekord darajada o`sishi va logistika aloqalarining buzilishi sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar