1

Xolesterinni tushuruvchi 6 mahsulot

Salomatlik 14.09.2016, 12:19
Teglar: Salomatlik
Xolesterinni tushuruvchi 6 mahsulot

Qon tarkibida xolesterin miqdori yuqori bo`lgan insonlar doimiy ravishda quyidagi mahsulotlarni iste`mol qilib yursalar, qondagi xolesterin miqdori 10 foizga kamayadi. 

1.  Brokkoli, ilsmaloq, selderey
Bu sabzavotlar tarkibidagi kletchatkalar organizmdan xolesterinni haydaydi. Karam va ismaloqdan zaytun yog`i qo`shilgan mazali salat tayyorlasangiz bo`ladi.

2.  Grechixa 
Grechixa tarkibida temir, fosfor, kaliy, ruh, yod kabi mikroelementlar mavjud. Shuningdek, grechixa tarkibidagi E, PP kabi vitamin va aminokislota va foliy kislotalari qon aylanishini yaxshilaydi. Grechixa eng kam kaloriyali, parhez mahsuloti hisoblanadi. U arteriyalarni tozalashdan tashqari ortiqcha vazndan ham xalos qiladi.

3.  Olma
Olma tarkibidagi pektin va tannin moddalari qondagi shakar miqdorini me`yorlashtiradi. Bir kunda bir nechta olma tanovvul qilish organizmni toksinlardan xalos qilib, hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Asosiy vitamin va mikroelementlar olmaning po`stida bo`ladi, shuning uchun avval mevani yaxshilab yuvib, po`stini archmasdan tanovul qiling.

4.  Ko`k choy
Asl ko`k choy eng yaxshi antioksidantlardan biridir. Kazetin antioksidanti, xolesterin miqdorini kamaytirishi ilmiy asoslangan. Qahvani ko`k choyga almashtirib, qondagi xolesterindan xalos bo`la olasiz. 

5.  Sarimsoqpiyoz
Sarimsoqpiyoz magniy va pektinga boy sabzavotdir. Doimiy ravishda sarimsoqpiyoz iste`mol qilish qon aylanishini yaxshilaydi, organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi va eng asosiysi xolesterin miqdorini me`yorga keltiradi. 

6.  Malina, qulupnay, maymunjon
Ushbu mevalar tarkibida ham organizmni tiqinlardan tozalovchi va qon tomirlari to`qimalariga yaxshi ta`sir ko`rsatuvchi pektin moddasi mavjud. Shuningdek, ushbu xushbo`y reza mevalar tarkibidagi beta-sitosterin moddasi xolesterinni me`yorda ushlab turadi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1