AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi sanksiyalarining yangi paketi hali tayyor emas

'Evropa Ittifoqi sanksiyalarining yangi paketi hali tayyor emas'ning rasmi

Bugun Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi navbatdagi, to`qqizinchi sanksiyalar paketi kutilmoqda, ammo u hali tayyor emas, dedi Evropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Xosep Borrel. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bryusselda Evropa Ittifoqining 27 davlati tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlanish arafasida. Borrelning so`zlariga ko`ra, ular haligacha barcha sanksiya choralari bo`yicha kelishib olishmagan. Borrell, bu dushanba yoki seshanba kunlari sodir bo`lishiga umid qilmoqda.

Avvalroq xabar qilinganidek, yangi paketda yana 200 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalarni uzaytirish taklif qilingan. Eronga Rossiyaga qurol-yarog`, birinchi navbatda, kamikadze uchuvchisiz samolyotlar etkazib berish bilan bog`liq sanksiyalar ham nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar