AsosiyJamiyat

Andijondagi xonadonlardan birida yong`in yuz berdi

'Andijondagi xonadonlardan birida yong`in yuz berdi'ning rasmi

Andijon viloyatining Andijon tumanidagi xonadonda yong`in yuz berib, bir kishi voqea joyida halok bo`ldi.

Tuman hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, yong`in 12 dekabr kuni soat 13:41 larda Andijon tumani “Sanoat” MFY Sanoatchi ko`chasidagi uyda boshlangan. Ikkita yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:43 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 13:46 da qurshab olinib, soat 14:04 da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida ushbu xonadonda yashovchi 1959 yilda tug`ilgan M.A. olgan tan jarohati natijasida voqea sodir bo`lgan joyda vafot etgan. Uning farzandi 1991 yilda tug`ilgan Z.A. 85 foiz kuyish jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, yong`in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Uyning 40 metr kvadrat qismi yonib zararlangan, 200 metr kvadrat qismi saqlab qolingan.

    Boshqa yangiliklar