AsosiyJamiyat

Soliq to`lovchilar hisobotlarida umumiy summasi 89 trln so`mdan ortiq tafovutlar aniqlandi — DSQ

'Soliq to`lovchilar hisobotlarida umumiy summasi 89 trln so`mdan ortiq tafovutlar aniqlandi — DSQ'ning rasmi

Joriy yilning 10 oyi davomida 357,7 mingta soliq to`lovchida o`tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 89,4 trln so`m tafovut aniqlangan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunga 66,2 trln so`mlik tafovut bartaraf etilgan. 
Xususan:

  • 3,2 trln so`m qo`shimcha soliqlar hisoblangan;
  • 63 trln so`m tafovut bo`yicha hisobotlardagi ko`rsatkichlar tuzatilgan. 

"Tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq to`lovchilarga hisobotlaridagi xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar