Prezident Shavkat Mirziyoevning Uchtepa tumani faollari bilan yig`ilishi davom etmoqda
Davlat rahbari, bugungi kundagi vaziyatni televizorda ko`rgan boshqa, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko`rgan boshqa, jonli ko`rgan boshqaligini aytdi.
"Men bugun sizlar bilan kelgusida qilishimiz kerak bo`lgan ishlarni gaplashib olaman. Bugun Uchtepada oldindan tayyorlangan ko`chalarga emas, boshqa ko`chalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas.
Mening to`rtta vakilim oylik olyapti, ular uyalmaydimi bu holatni ko`rib? Men sizlardan so`rab ko`chalarga kirmayman. Barcha joyda ahvol yaxshi bo`lishi kerak. Ko`p qavatli uylarning oldida qor kuralmagan, natijada muz bo`lib qolgan", — deydi prezident.
13.12.2022 18:47
Bugun Uchtepada oldindan tayyorlangan ko`chalarga emas, boshqa ko`chalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas — Prezident






