Serdar Berdimuhamedov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqovni qabul qildi. Bu haqda Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Turkmaniston Prezidentiga Prezident Shavkat Mirziyoevning Xalqaro betaraflik kuni munosabati bilan samimiy salomi, ezgu tilaklari va tabriklarini, shuningdek, O`zbekiston rahbarining yaqinda bo`lib o`tgan o`z bayramini iliq eslashi haqidagi so`zlarini etkazdi.
Uchrashuvda Turkmaniston rahbari va uning mehmoni so`nggi yillarda o`zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilganini alohida ta`kidladi. Shuningdek, uchrashuvda hamkorlikning yangi istiqbolli yo`nalishlarini rivojlantirish muhimligi ta`kidlandi.
Muzokaralar yakunida O`zbekistonga qo`shimcha ravishda kuniga 20 million kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) berish bo`yicha shartnoma imzolangani ham aytilmoqda.