O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berish to`xtamadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, hozirda bitta "Naibobot 1" elektr uzatish tarmog`i orqali O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berilmoqda, shuningdek, ikkinchi "Naibobot 2" tarmog`ida texnik nosozliklar tufayli ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
"Shu munosabat bilan Afg`onistonga elektr energiyasi eksporti qisqargan, biroq to`xtatilgani yo`q", — deyiladi xabarda.
Ma`lum qilinishicha, ayni kunlarda O`zbekiston orqali Afg`onistonga 125 MVt elektr energiyasi etkazib berilmoqda.






