Samarqand viloyatining bir nechta tumanlarida o`quvchilar qishki ta`tildan boshqa joylardagiga nisbatan ertaroq qaytishi ma`lum qilindi.
Bu haqda viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o`tkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko`ra, Samarqand shahridagi umumiy o`rta ta`lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo,Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7, 23, 53-maktablar), Toyloq tumanidagi 5 ta (11, 12, 15, 17, 59-maktablar), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25, 38, 39, 41, 48-maktablar), Jomboy tumanidagi 6 ta (5, 6, 8, 22, 20 va 44-maktablar), sonli umumta`lim maktablariga 5-19 sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta`til berilgan. Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari o`quv yili davomida beriladigan ta`tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.
Shunga ko`ra, muassasalarda 5, 6, 7, va 8 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar kuzgi ta`tilning 4, 5, 7 va 8 noyabr kunlari hisobidan to`ldirilgan.
9, 10, 12, 13, 14 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar o`rni qishki ta`til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (2023 yil 5, 6, 7, 9, 10, yanvar kunlari) jami 5 o`qish kuni;
2022 yilning 15, 16,17 sentyabr kunlari qoldirilgan dars mashg`ulotlari o`rni 2023 yil bahorgi ta`tilning oxirgi 3 o`qish kuni hisobidan to`ldirilishini ma`lum qilingan.






