AsosiyJamiyat

Bugun havo harorati 10 daraja iliq bo`ladi

'Bugun havo harorati 10 daraja iliq bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" 14 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 2-7° iliq, ba`zi joylarda 8-10° iliqgacha bo`ladi . 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar