AsosiyJamiyat

Toshkentda ikkita yo`lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

'Toshkentda ikkita yo`lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi'ning rasmi

Bugun, 14 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida ikkita avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat yuzasidan shahar YHXB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 11:00 larda Mirzo Ulug`bek tumani Mirzo Ulug`bek ko`chasida yuz bergan. Unda 2000 yilda tug`ilgan  D.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli hamda 1972 yilda tug`ilgan T.S. boshqaruvidagi MAN A22 rusumli yo`lovchi tashuvchi transport vositalari o`zaro to`qnashgan.

YTH oqibatida 2 nafar yo`lovchi tan jarohati olgan.  Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar