Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar IIBB JXX YHXB YPX xizmat avtomobillariga yoqilg`i berilmayotganligi aytilgan xabar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi.
Barcha hududiy boshqarmalar shu jumladan Toshkent shahar Yo`l harakati xafsizligi boshqarmasiga yoqilg`i hamda moylash mahsulotlari uchun pul mablag`lari ajratilib, moliyalashtirilgan. Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.
"IIO sohasiga befarq bo`lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz" deyiladi xabarda.
14.12.2022 19:00
Toshkentda YPX xizmat avtomobillariga yoqilg`i berilmayotganligi yuzasidan tekshiruv boshlandi






