Toshkentda elektr energiyasi ta`minotiga oid kiritilgan cheklovlar 16 dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati ma`lum qildi.
Cheklovlar havo haroratining sovib ketishi, yuqori iste`mol vaqtida Toshkent shahriga belgilangan iste`mol topshirig`ini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar to`xtab qolishining oldini olish, iste`mol muvozanatini ushlab turish hamda ta`minotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida uzaytirilgan.
“Elektr energiyasi ta`minoti bilan bog`liq har qanday muammoli vaziyatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qo`ng`iroq qilishingiz yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot kanalining administratoriga o`z murojaatingizni yo`llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o`tmoqchimiz”, deyiladi xabarda.






