AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda MIB xodimlari mast fuqaro va uning yaqinlari tomonidan kaltaklandi (video)

'Qashqadaryoda MIB xodimlari mast fuqaro va uning yaqinlari tomonidan kaltaklandi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Ko`kdala tumanida o`z xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimlari qarzdor fuqarolar va ularning yaqinlari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma`lum bo`lishicha, 2022 yilning 9 dekabr kuni Byuroning Ko`kdala tuman bo`limi davlat ijrochilari E.I. va U.Yu. Jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tuman sudining 2022 yil 22 apreldagi qaroriga ko`ra, javobgar aka-ukalar — R.E. va R.E.larning hisobidan da`vogar A.Q.ning foydasiga javobgarlarning har biridan 4.8 million so`m moddiy va ma`naviy zarar undirish uchun borgan.

Qarzdor R.E. MIB xodimlari oldiga boshqaruvida bo`lgan Nexia avtomobilida kelgan paytda MIB xodimlari qarzdorlik evaziga avtomobilni xatlamoqchi bo`lgan. Bunga javoban qarzdor R.E. va uning mast holatida bo`lgan qarzdorning otasi A.E. xizmat vazifasini bajayotgan byuro xodimlariga nisbatan faol qarshilik ko`rsatib, ularni uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, davlat ijrochilariga oyoq va qo`llari bilan tan jarohati etkazgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Ko`kdala tumani prokurori tomonidan A.E. ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar