AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Yosh blogerlar" jamosini tuzish taklifini bergan talabaning ishga olinishi bo‘yicha muhokamalarga hokimlik oydinlik kiritdi (video)

'Qashqadaryoda "Yosh blogerlar" jamosini tuzish taklifini bergan talabaning ishga olinishi bo‘yicha muhokamalarga hokimlik oydinlik kiritdi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi davlat universitetida bo`lib, oliygohning 8-talabalar turar joyini va Tibbiyot fakulteti binosini tantanali ochilish marosimidan so`ng faollar zalida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Muloqotda talabalardan biri sohaga qiziquvchi ko`ngilli talaba-yoshlardan iborat tanqidlarga javob qaytaruvchi "Yosh blogerlar" jamosini tuzish va ular uchun zarur bo`ladigan moddiy-texnika vositalari bilan ta`minlash taklifini bildirdi. Viloyat hokimi esa talabani hokimlikka ishga qabul qildi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo`ldi. 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi. Unga ko`ra:

— Viloyat hokimi talaba-qizning boshqa masalalarda ham bergan fikrlari, muloqot davomida faol bo`lganligini hisobga olib, viloyat hokimligiga ishga qabul qilishini aytdi. Ya`ni, agar talaba ishga qabul qilingan taqdirda ham lavozimi doirasidagi ishni olib boradi. Masalan, hokimlikning ijtimoiy bo`limiga ishga o`tsa, ta`lim va sog`liqni saqlash sohasida, turizm bo`limiga ishga o`tsa, turizm sohasini rivojlantirish borasida ish olib boradi.

Viloyat hokimi tomonidan talaba-qizga ish taklif qilingani –yoshlarga berilayotgan e`tibor, ularning intilish, tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va shu orqali, boshqa yoshlarga ham motivasiya berishdan iborat. Bu o`rinda, shuni alohida ta`kidlash lozimki, yoshlar, xususan, talabalarni ishga joylashtirish, ularning qo`shimcha daromad topish bo`yicha tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash doimo viloyat hokimining e`tiborida bo`lib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 11 oyi davomida hozirda talaba sifatida kunduzgi bo`limda o`qiyotgan 3 mingga yaqin yoshlarni ishga joylashtirilgani bu borada olib borilayotgan ishlarning yaqqol namunasidir.

    Boshqa yangiliklar