AsosiyJamiyat

Namangan aeroporti faoliyati yana cheklandi

'Namangan aeroporti faoliyati yana cheklandi'ning rasmi

Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli ko`rinishning pasayib ketishi reyslarni qabul qilish va jo`natishini cheklab qo`ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ikkita reys muqobil aerodromlarga jo`natildi.

Xususan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Ufa-Namangan yo`nalishi bo`yicha HY9958 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da Toshkent aeroportiga qo`ndi. Shuningdek, Jazeera Airways aviakompaniyasining J9645 reysi (Quvayt — Namangan) ham poytaxt aeroportiga yo`naltirildi.

Ko`rinishning pastligi Red Wings WZ1127 (Ekaterinburg-Namangan) reysi kutish zonasiga yuborilishiga sabab bo`ldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da belgilangan aeroportga qo`nishi kerak edi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9825 (Namangan-Sochi) va HY9823 (Namangan-Ufa), shuningdek, Flydubai FZ781 (Dubay-Namangan) reyslari Namangan xalqaro aeroportida ob-havo yaxshilanguniga qadar kechiktirildi.

    Boshqa yangiliklar