O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi "Yilning eng faol jurnalisti" tanlovini e`lon qiladi.
OAV vakillari va keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, shuni mamnuniyat ila ma`lum qilamizki, endilikda tanlov nomzodlarini Siz tavsiya etasiz.
Qanday deysizmi?
2022 yilda "Yilning eng faol jurnalisti" nomiga munosib deb hisoblasangiz, o`z nomzodingiz — ommaviy axborot vositalari vakilini tanlov ishtirokchisi sifatida taklif eting.
Tavsiya etish talablari:
Nomzodning ism-sharifi, ish joyi yoki faoliyati haqida qisqacha ma`lumot hamda nomzodning 2 ta ijodiy ishini (yoxud havolasini) ilova qilgan holda Uyushmaning rasmiy pochtasi info@jurnalistlar.uz va @jurnalist_uz_bot murojaat botiga yuborasiz.
Muddat: 2022 yil 20 dekabrgacha.






