Kelasi yili har bir viloyat hokimi 5-10 ming xonadonli uy-joy qurish rejasini qilib, buning uchun bir oy muddatda er uchastkalarini auksionga chiqarishi shartligi ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish sohasida 6 oygacha ishga qabul qilish bo`yicha soddalashgan mehnat shartnomalarini ishlab chiqib, kelgusi yilda norasmiy sektordagi 100 ming aholini qonuniy faoliyatga o`tkazish vazifasi qo`yildi.
Hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuzib, 50 ming aholini daromadli mehnat bilan ta`minlashga topshiriq berildi. Bunda, ularga mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilishi ta`kidlandi.
Yig`ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlari yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan Prezidentga hisobot berdi.
15.12.2022 19:15
Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish sohasida 6 oygacha ishga qabul qilish bo`yicha soddalashgan mehnat shartnomalarini ishlab chiqish topshirildi






