Joriy yilda sodir etilgan jinoyatlarning 3 382 tasi PPX saf bo`linmalari naryadlari ishtirokida, 617 tasi esa bevosita PPX xodimlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
IIV mas`ullari bergan ma`lumotlarga ko`ra, hayot va sog`liq uchun xavfli bo`lgan buyumlarni olib yurgan jami 56 315 nafar shaxs aniqlanib, ulardan jami 56 406 dona (45 824 dona pichoq, 800 dona bita, 1 122 dona kastet, suriken va kistenilar hamda 8 660 dona boshqa) hayot va sog`liq uchun xavfli buyumlar tortib olingan.
Tabiat boyliklarini asrab-avaylash, brakonerlikka qarshi kurash, qonunga xilof ravishda o`simlik va hayvonot dunyosi resurslarini ovlash, sotish va respublikamizdan olib chiqish hollari oldini olish borasida hamkorlikda 12 871 marotaba yo`naltirilgan reydlar va maqsadli tekshiruvlar o`tkazilishi natijasida jami 2 547 nafar huquqbuzar aniqlandi. Brakonerlarga 6 mlrd 119 mln 928 ming 600 so`m miqdorida jarima solingan.






