AsosiyJamiyat

Teri kasalliklari ichida eng xavfli kechayotgani qaysi? SSV ma`lumot berdi

'Teri kasalliklari ichida eng xavfli kechayotgani qaysi? SSV ma`lumot berdi'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo`lim mudiri Bobur Toirov aholi orasida tarqalayotgan teri kasalliklari haqida ma`lumot berdi. 
— Hozirda aholi orasida teri allergik kasalliklari, psoriaz, ya`ni qipiqli temiratki, vitiligo, alopesiya (soch to`kilishi), husnbuzar kasalliklar keng tarqalmoqda. 

So`nggi vaqtlarda ular orasida og`ir kechayotgani po`rsildoq yara kasalligi hisoblanadi. 
Odamning sog`lig`i, yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak trakti, endokrin tizimi bilan bir qatorda, terining funksiyasi va xususiyatiga ham bog`liq.

Turli ichki va tashqi omillar teri kasalliklarining nisbatan og`ir kechishiga sabab bo`ladi. Xususan:
organizm immun tizimining buzilishi, 
modda almashinuvi buzilishi, 
neyro-endokrin kasalliklar,
ekologik omillar, 
asabiylashish, 
bemorlar tomonidan nazoratsiz dori vositalarini qabul qilish kasalliklarning rivojlanishi va og`ir shakllariga o`tib ketishiga sabab bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar