AsosiyJamiyat

Endilikda sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi

'Endilikda sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi'ning rasmi

"Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi.

Qaror bilan sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to`g`risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari;
  • reyting natijalari bo`yicha sud ekspertlarini rag`batlantirish, rag`batlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qo`llash;
  • reyting ko`rsatkichlari yuqori sud ekspertlarining ishini ommalashtirish.

Bundan tashqari, qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi faoliyatiga oid nizom ham tasdiqlandi. Qayd etilishicha, davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning byudjetdan tashqari jamg`armalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag`batlantirsh uchun sarflashga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar