"O`zgidromet" 16 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Toshkent viloyatining ba`zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 9-14° iliq, ba`zi joylarda 16-18° iliqgacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.






