AsosiyJamiyat

Toshkentda “Damas” bilan to`qnashgan “Gazel” ag`darilib ketdi (video)

'Toshkentda “Damas” bilan to`qnashgan “Gazel” ag`darilib ketdi (video)'ning rasmi

Olmazor  tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`li Zamona to`yxonasi qarshisida YTH  sodir bo`ldi. 

Hodisa yuzasidan poytaxt IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 16 dekabr kuni soat 06:30 larda Olmazor  tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`li Zamona to`yxonasi qarshisida haydovchilar;

1) 1983 yilda tug`ilgan  U.U. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yo`lovchi tashuvchi transport vositasi;

2) 1995 yilda tug`ilgan A.E. boshqaruvidagi "Damas" rusumli transport vositalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

Yo`l transport hodisaci natijasida "Damas" rusumli transport vositasi haydovchisi A.E. tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

.

 

    Boshqa yangiliklar