Noyabr oyida Respublika onkologiya markazi va uning Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati filiallari elektron-onlayn auksionga qo`yilgandi. Ma`lum bo`lishicha, markazning ikki filiali sotuvdan olingan, markazning o`zi yangi kompleksiga ko`chib o`tadi.
Respublika onkologiya markazining Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari muayyan muddatga sotuvdan olindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Respublika onkologiya markazi binosi sotuvda, markaz yangi qurilayotgan onkologiya kompleksiga ko`chib o`tadi.






