AsosiyJamiyat

Endilikda chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirishga onlayn ariza berishi mumkin

'Endilikda chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirishga onlayn ariza berishi mumkin'ning rasmi

My.gov.uz'da O`zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet elliklar farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza berish imkoniyati yaratildi.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:

  • O`zi va farzandiga JShShIR olish;
  • Bolaning fan baholari qo`yiladigan hujjati va uning o`zbek tilidagi tarjimasi;
  • Bolaning sog`ligi to`g`risida ma`lumotnoma.

Agar arizani bolaning ota-onasi o`rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.

    Boshqa yangiliklar