1

UzAuto Motors "Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatganini ma`lum qildi

Iqtisodiyot 17.12.2022, 10:00
Teglar: UzAuto Motors
UzAuto Motors "Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatganini ma`lum qildi

"UzAuto Motors" kompaniyasi 4 ta turdagi avtomobilga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatganini ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, yarimo`tkazgichlarning global etishmovchiligi va logistika inqirozi shuningdek geosiyosiy turbulentlik butun dunyo bo`ylab avtomobil sanoatini davomli inqirozga olib keldi. Mikrochiplar tanqisligi, etkazib berish zanjirining uzilishi va o`zaro sanksiyalarning ta`siri ko`plab avtomobil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga, komplektasiyalarni qisqartirishga va hatto zavodlar faoliyatini to`liq to`xtatishga majbur qildi.

Shuningdek, inqiroz natijasida butun dunyo bo`ylab avtomobil etishmovchiligi va uzoq kutish vaqtlari yuzaga keldi. Evropada xaridorlar o`z avtomobillarini 22 oygacha kutishlariga to`g`ri kelmoqda, navbatlar 2 yilgacha cho`zilgan Janubiy Koreyada ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Shu bilan birga, dunyodagi inqirozlar avtomobillar narxiga ham sezilarli darajada ta`sir o`tkazdi – faqatgina O`zbekistondagi avtomobil brendlari o`z narxlarini joriy yilning oktyabr oyidan boshlab  o`rtacha 8 foizdan ortiqroqqa oshirdi.

Ta`kidlanishicha, "UzAuto Motors" kompaniyasi global inqirozni ishlab chiqarishni to`xtatmagan holda, bundanda ko`proq-rekord hajmlar bilan, ish o`rinlarini ko`paytirib, yangi zamonaviy modellarni ishlab chiqarish va sotishni yo`lga qo`yish bilan engishga muvaffaq bo`ldi. Joriy yil davomida "UzAuto Motors" yiliga 300 ming avtomobilni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zavodlarni maksimal ishlab chiqarish quvvatiga keltirdi. O`tgan yilda ishlab chiqarish hajmi 235 ming dona avtomobilni tashkil etgan bo`lsa, joriy yilda global inqiroz sharoitida kompaniya ishlab chiqarish hajmini 31 foizga oshirdi. Yanvar oyidan to hozirgi kunga qadar 310 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqardi.

Joriy yilda O`zbekiston iqtisodiyotining o`sishi va avtomobillarning mavjudligi sabab mamlakatda Chevrolet avtomobillariga talabning g`ayritabiiy o`sishi kuzatildi. Mutaxassislarning fikricha, O`zbekiston fuqarolari engil avtomobillarni yuqori likvidli investisiya vositasi deb bilishadi. Agar o`tgan yili Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo`yicha o`rtacha oylik shartnomalar soni 21 000 dona bo`lgan bo`lsa, joriy yilning noyabr oyida 76 000 donadan ortiq shartnoma tuzilgan.

Biroq, Davlat Yo`l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilda sotib olingan 90 000 dan ortiq avtomobil (yillik ishlab chiqarish hajmining deyarli uchdan bir qismi) xaridorlar tomonidan qayta sotilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan o`tkazilgan tahlillar ham "Olib sotarlar" sonining ko`payganini tasdiqlaydi. Unga ko`ra kelishuvlar soni o`tgan oyga nisbatan 41 foizga, o`tgan yilning noyabr oyiga nisbatan esa 2,3 barobarga ko`paygan. Shubhasiz, “Olib sotarlar”ning bunday yuqori ulushi oddiy xaridorlarning kutish vaqtiga ta`sir o`tkazdi va bozorda sun`iy tanqislikni yuzaga keltirdi.

Qayd etilishicha, "UzAuto Motors" jamoasi kontraktasiyaning oylik o`sish sur`atini ta`minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etmoqda. Ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun butlovchi qismlarni, shu jumladan havo yo`llari orqali etkazib berish yo`lga qo`yildi va yuk tashish muammolari hukumat darajasida hal qilindi. Ushbu va boshqa misli ko`rilmagan chora-tadbirlar avtomobil butlovchi qismlarini maksimal darajada etkazib berishga imkon berdi, bu esa o`z navbatida zavodning uzluksiz ishlashini ta`minladi. GM va bir qator mikrochip ishlab chiqaruvchilar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yarimo`tkazgichlarni qo`shimcha etkazib berish va inqiroz davrida prognoz qilinganidan ko`proq avtomobil ishlab chiqarish imkonini berdi. Ishlab chiqarish hajmini oshirishdan tashqari, kompaniya eksportga yo`naltirilgan avtomobillarning bir qismini ichki bozorga yo`naltirdi.

Bundan tashqari, "UzAuto" kompaniyasi tomonidan General Motors bilan 2023 yilda dunyodagi inqiroz sharoitida ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming dona avtomobilgacha oshirish bo`yicha kelishuvga erishildi. Ta`kidlanishicha, ishlab chiqarish quvvatining bunday sezilarli o`sishi nafaqat vaqtni, balki keng ko`lamli investisiyalarni ham talab qiladi.

O`zbekistonda avtomobillarga bo`lgan talabning anomal o`sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo`llanilgan yo`ldan borishni to`g`ri deb hisoblaydi va "Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatadi. Bu o`z navbatida barcha sa`y-harakatni avval tuzilgan shartnomalar bo`yicha avtomobil ishlab chiqarishga yo`naltiradi.

"Kompaniya o`z mijozlaridan tushunishlarini so`rab qoladi. Hozirgi sharoitda "UzAuto Motors"ning asosiy maqsadi avval tuzilgan shartnomalar bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarishdir. Sizning qo`llab-quvvatlashingiz bilan tez orada yuzaga kelgan vaziyatni engillashtirishimiz hamda ushbu avtomobil modellari uchun shartnomalar qayta yo`lga qo`yilishiga ishonamiz", - deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

“UzAuto Motors”ning Asakadagi korxonasida farg`onalik talaba va o`quvchilar amaliyot o`tashadi (video)

08.09.2022, 11:37

Har yili, “UzAuto Motors” AJ Asaka filialida Farg`ona vodiysidagi oliy o`quv yurti talabalari, kasb-hunar maktablari va kollej o`quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o`tashadi. Bu haqda kompaniya...
UzAuto Motors Minskda Ravon avtomobillarining tantanali taqdimotini o`tkazdi

15.11.2019, 11:03

Minskda Ravon brendi avtomobillarining Belarus Respublikasida savdoga chiqarilishi munosabati bilan tantanali taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Ravon Belarus bozoriga uchta taniqli Ravon R2, Ravon R3 hamda...
UzAuto Motors avval foydalanilgan avtomobillar savdosini yo`lga qo`ydi

14.11.2019, 15:01

UzAuto Motors kompaniyasi Trade-in dasturi bo`yicha maxsus tekshiruvlardan o`tgan foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda.Ma`lum qilinishicha, Trade-in dasturi doirasida dilerga topshirilgan har bir foydalanilgan avtomobil...
UzAuto Motors Xorazmda 10 oyda 48,2 ming dona avtomobil ishlab chiqardi

08.11.2019, 15:52

UzAuto Motors AJ Xorazm viloyati filialida keng ko`lamli modernizasiya ishlari natijasida 2019 yilning 10 oyida jami 48 214 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi.Oktyabr oyida xorazmlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1