AsosiyJamiyat

Buxoroda YPX avtomobili Cobalt bilan to`qnashdi

'Buxoroda YPX avtomobili Cobalt bilan to`qnashdi'ning rasmi

Buxorada YTH joyida harakat xavfsizligini ta`minlayotgan patrul avtomobiliga Cobalt to`qnashib ketdi. 

Bu haqda Yo`l xarakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 dekabr kuni Buxoro tumanida Nexia-3 hamda Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur YTHni rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimi Yo.Haydarov harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida Lacetti rusumli xizmat avtomobilini mayoqchalari yoqilgan holda, Nexia-3 avtomobilining orqa tomoniga joylashtirgan.

Xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda 2001 yilda tug`ilgan haydovchi C.I. e`tiborsizligi sabab boshqaruvidagi Cobalt avtomobilida mayoqchalari yoqilgan holda to`xtab turgan Lacetti rusumli avtomobilning orqa tomonidan kelib urgan.

Sodir bo`lgan YTHlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar