1

Qozog`iston Prezidenti 21-22 dekabr kunlari O`zbekistonda bo`ladi

Siyosat 19.12.2022, 17:21
Qozog`iston Prezidenti  21-22 dekabr kunlari O`zbekistonda bo`ladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev joriy yilning 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Sammit kun tartibidan O`zbekiston-Qozog`iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, o`zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperasiyasi bo`yicha o`zaro manfaatli qo`shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo`jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar o`rin olgan.

Davlat rahbarlari bir qator yirik investisiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1