Belarus Rossiyaga qo`shimcha yordam bersa, Vashington unga qarshi yangi cheklov choralarini qo`llashi mumkin.
Bu haqda Davlat departamenti vakili Ned Praysga tayanib, "Interfaks" xabar bermmoqda.
"Agarda Belarus Rossiyaga Ukrainada harbiy harakatlarni amalga oshirish uchun qo`shimcha yordam taqdim etsa, biz bunga jiddiy e`tibor qaratamiz", — deydi Prays.
Agarda Qo`shma Shtatlar buning uchun zarur shartlarni ko`rsa, qo`shimcha cheklov choralarni kiritish orqali shunga mos ravishda javob beradi.






