AsosiySiyosat

O`zbekiston-Qozog`iston biznes-forumda 3 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi

'O`zbekiston-Qozog`iston biznes-forumda 3 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi'ning rasmi

Poytaxtimizda bo`lib o`tgan O`zbekiston-Qozog`iston mintaqalararo biznes-forumi yakunlari bo`yicha Samarqand va Turkiston shaharlari o`rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish to`g`risida shartnoma, qishloq xo`jaligi sohasidagi konkret investisiya loyihalari va savdo shartnomalarini ko`zda tutuvchi "Yo`l xaritasi", shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo`lgan O`zbekiston va Qozog`iston ishbilarmon doiralari o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirish rejalarini jamlagan kelishuvlarning mustahkam to`plami imzolandi.

Eng yirik kelishuvlar:  

  •  O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida o`zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va agrosanoat kompleksi sohasida qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha hamkorlik dasturi (1 317,9 mln. dollar);
  •  "Chevrolet" rusumli avtomashinalar komplektlari va butlovchi qismlarni etkazib berish bo`yicha kelishuv (500 million dollar)
  •  Chimkent shahrida to`qimachilik majmuasini qurish loyihasi bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi (loyiha qiymati 98 million dollar)
  •  "Angren-Pop-Qo`qon-Andijon-Savay" temir yo`l uchastkasida signalizasiya va aloqa tizimini modernizasiya qilish (76,4 mln. dollar);
  •  O`zbekistonda multimodal transport-logistika markazini qurish bo`yicha hamkorlik memorandumi (70 mln. dollar);
  •  "Artel" maishiy texnika ishlab chiqarish bo`yicha lisenziya shartnomasi (55 mln. dollar);
  •  "Qozog`istonda kichik hajmdagi yig`ish usuli bo`yicha "Chevrolet" avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasini moliyalashtirish bo`yicha kelishuv (50 mln. AQSh dollari);
  •  Ostonada keramik plitkalar ishlab chiqarish bo`yicha investisiya loyihasini boshlash to`g`risidagi kelishuv (40 mln dollar) va boshqalar.

 

Shuningdek, Qozog`iston va O`zbekiston hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to`g`risidagi o`zaro anglashuv Memorandumi, energetika sohasida o`zaro hamkorlik to`g`risidagi Memorandum va Samarqand va Turkiston shahar hokimklari o`rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o`zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar