AsosiySiyosat

Kamoliddin Rabbimov: "Prezidentda O`zbekistonni o`zgartirish bo`yicha ma`lum strategiya bor"

'Kamoliddin Rabbimov: "Prezidentda O`zbekistonni o`zgartirish bo`yicha ma`lum strategiya bor"'ning rasmi

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O`zbekistonning bugungi siyosati haqida fikr bildirdi:

"Prezidentda O`zbekistonni o`zgartirish bo`yicha ma`lum strategiya bor. Buning uchun mamlakatda millatning sifati o`zgarishi kerak, degan vazifasi qo`yilyapti.

O`zbekiston sobiq ittifoq mamlakatlari orasida aholi soni bo`yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o`ringa chiqdi. Biz neft yoki gaz hisobiga milliy boylik yarata olmaymiz. Endi milliy boylik — intellekt hisobiga bo`ladi.

O`zbekistonda ijtimoiy barqarorlikning yagona sharti — yalpi ichki mahsulotimiz ikki-uch barobar oshishi kerak. Buning uchun intellektual raqobatbardosh yangi sinf kerak bo`ladi.

Yil nomiga sifatli ta`lim degan so`zning qo`shilishi ham bejiz emas — bugungi siyosatning asosiy prinsipi bu insonga e`tibor, gumanizm. Uning predmeti esa yangi avlodga bo`lgan munosabatda ko`rinadi", — dedi Kamoliddin Rabbimov.

    Boshqa yangiliklar