26 dekabrdan O`zbekistonda 1000 so`mlik tanga pullar muomalaga chiqarilmoqda. Tanga pullar muomalaga kiritilsa, ushbu qiymatdagi qog`oz pullar iste`moldan chiqadimi?
Markaziy bankning ma`lum qilishicha, muomalaga chiqarilayotgan 1000 so`mlik tanga ko`rinishidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bo`lgan 2001 yil namunasidagi 1000 so`mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo`ladi.
Ya`ni, 2001 yil namunasidagi 1000 so`mlik banknotlar ham to`lov qobiliyatini yo`qotmaydi.
"Yangi ko`rinishdagi ushbu pul belgilari ayni paytda muomalada bo`lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va aholi tomonidan o`z qiymati bo`yicha barcha turdagi to`lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart", - deyiladi xabarda.