Insonparvarlik yuki ortilgan mashinalar Afg`onistonga yo`l oldi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, bugun 22 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasining birodar afg`on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuki ortilgan to`qqizta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afg`onistonning Hayraton shahriga jo`natildi.
Shu munosabat bilan Balx viloyati Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo`lib o`tadi.